Nach Genre filtern

Uzbekonomics

Uzbekonomics

Botir Kobilov

Botir Kobilov va Behzod Hoshimov iqtisod, rivojlanish, jamiyat, O’zbekiston va ularga yaqin boshqa mavzularda suhbat qiladilar.

43 - 41 - Aholining o'sishi va iqtisodiy farovonlik.
0:00 / 0:00
1x
  • 43 - 41 - Aholining o'sishi va iqtisodiy farovonlik.

    Odamlar bu boylik. Podkastimizning ushbu epizodida aholi o'sishi, fertillik darajasi va iqtisodiy farovonlik haqida suhbatlashdik va aholi va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi dinamikalarni tushunishga harakat qildik. Biz turli iqtisodiy nazariyalarni va O'zbekiston hamda boshqa mamlakatlardagi kuzatishlarni tahlil qilib, qanday qilib aholi sonining ko'payishi yoki kamayishi bir mamlakatning iqtisodiy farovonligiga ta'sir etishi mumkinligini muhokama qildik. Shu bilan birga, rivojlangan mamlakatlarda fertillik darajasining nima uchun pasayib borayotganini va buning sabablari haqida taxminlar yuritdik va ularning ortida yotgan iqtisodiy, va ijtimoiy omillarni ko'rib chiqdik.Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/https://zoomrad.uz/mobile-appPodkast yozilgan sana: 28 - Mart 2024.

    Thu, 11 Apr 2024 - 1h 40min
  • 42 - 40 - Shahar ichidagi universitetlar, xususiy universitetlar nazorati va amaliyotchilar maoshi

    Ushbu epizodda uchta, lekin o'zaro bog'liq bo'lgan mavzular haqida suhbatlashdik va munozara qildik: 1) Nima uchun universitetlar shaharlar ichida bo'lishi kerak? 2) Xususiy universitetlar ko'payishi nima uchun yaxshi jarayon va ularning sifatiga kim yaxshiroq baho bera oladi? 3) Mehnat bozorida amaliyot o'tayotgan stajyorlar uchun ish beruvchilar maosh to'lashlari kerakmi yoki bepulga ishlashlari to'g'rimi? Ish beruvchi davlat bo'lsa yoki xususiy biznes bo'lsachi? Tinglang, tomosha qiling va albatta ulashing! Podkast yozilgan sana: 22 - Fevral 2024. Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app

    Fri, 01 Mar 2024 - 1h 41min
  • 41 - 39 - Proteksionizm (yana), o'zbekistonlik ishchilarga viza masalasi va ekologiya (yana) haqida

    Ushbu epizodda uchta dolzarb mavzu haqida suhbatlashdik. Proteksionizm haqida yana bir bor munozara qilishga majbur bo'ldik. Ushbu mavju g'arbda ham, O'zbekistonda ham kun tartibida turibdi. Bundan tashqari, oxirgi haftalarda o'zbekistonlik ishchilarga oid ijobiy yangiliklarga to'la bo'ldi - bir qancha mamlakatlarda o'zbekistonlik ishchilarga talab va kvotalar oshayotgani haqida, va umuman o'zbekistonlik fuqarolarga xorij mamlakatlari viza masalasi haqida ham suhbatlashdik. Epizod so'nggi qismida, yana bir og'riqli mavzu - yomonlashib borayotgan ekologiya, suv, havo sifati haqida aynan iqtisodiy nuqtai nazardan suhbatlashdik. Podkast yozilgan sana: 5 - Fevral 2024. Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/https://zoomrad.uz/mobile-app

    Mon, 12 Feb 2024 - 1h 21min
  • 40 - 38 - Yoʻllardagi oʻlimlar: Oʻzbekistonda avtohalokatlar kamayishi uchun jarimalar oshishi kerak.

    Bu safardagi podkastimizda, afsuski doim dolzarb boʻlib turadigan mavzu — avtohalokatlar haqida gaplashdik. Asosiy mulohaza yoʻl qoidalariga rioya qilmaydigan insonlarni ragʻbatlari haqida edi. Yaʼni, qanday qilib yoʻllarda avtohalokatlar va haydovchilarni ragʻbatlari bogʻliqligi haqida. Aksar haydovchilar, yoʻl qoidalarini yaxshi bilishadi, lekin shunga qaramay sistematik ravishda buzib kelishadi. Demak muammo haydovchilar haydash guvohnomasini haydashni bilmasdan olishlarida emas, aksincha, bilib turib qoida buzishlarida. Muammo axborot yoʻqligida emas, amal yoʻqligida. Oddiy misol: qizil chiroqda yurmaslik, piyodalarni oʻtkazib yuborish, yoki 120 km/soat tezlikda shahar ichida yurmaslik kerakligini bilmaydigan haydovchi yoʻq. Lekin nima uchun, shunday qoidabuzarliklar juda koʻp va ularni natijasida minglab vatandoshlarimiz halok boʻlishmoqda. Bu fojialarni qanday kamaytirish mumkin? Shu haqida bu podkastda fikr almashdik. Tinglang, fikr bering va bu muhim mavzuga befarq boʻlmang. Chunki yoʻllardagi oʻlimlar, haqiqatdan fojiaviy darajada.Podkast yozilgan sana: 23 - Noyabr 2023

    Fri, 08 Dec 2023 - 1h 19min
  • 39 - 37 - Immigratsiya - inson kapitalini oshirishga rag’bat

    Ushbu sonda, istalgan mamlakatdan malakali insonlar chet elga vaqtincha yoki butunlay chiqib ketishlari nima uchun meynstrimda ko'pincha aytilganidek o'sha mamlakat uchun qo'rqinchli darajada muammo emasligi haqida suhbatlashdik. Suhbat asosida yaqinda chiqqan tadqiqot va avvalgi tadqiqotlar bo'ldi. Mavjud tadqiqotlarda asosan malakali insonlar chiqib ketishini aynan o'sha malakali insonlarga yoki mezbon mamlakatlarga ta'sirlari ko'rsatilgan. Bugungi suhbatda biz uning kengroq - immigratsiya jozibadorligi insonlarda ilm, malaka va hunarlarni o'zlashtirishga rag'bat beradi va natijada mahalliy ishchi bozorda malakali insonlar ko'payadi degan fikr haqida gaplashdik.  Tadqiqot nomi: "The IT Boom and Other Unintended Consequences of Chasing the American Dream", by Gaurav Khanna and Nicolas Morales Podkast yozilgan sana: 16 — Oktyabr, 2023

    Tue, 07 Nov 2023 - 1h 02min
Weitere Folgen anzeigen